Jamiyat
Davlat statistika qoʻmitasi “Statistika” integrallashgan axborot tizimini (SIAT) yaratib, uning negizida siat.stat.uz portalni ishga tushirdi.
Qoʻmita xabariga koʻra, tizim statistik manbalarni yagona maʼlumotlar omboriga birlashtirib, ularni jadval, grafik, diagramma va kartogrammalar orqali vizual tarzda koʻrsatish imkonini beradi.
Portal rasmiy statistik maʼlumotlarning yagona maʼlumotlar bazasini shakllantiradi va maʼlum davr uchun uni olish imkonini beradi.
“SIAT — rasmiy statistikani eʼlon qilish va ularni foydalanuvchilar tomonidan qidirib topish vaqti 5−10 barobarga, alohida soʻrovlar asosidagi integratsiya qilish vaqti esa 10 kundan 1 kungacha qisqartirildi. Ushbu tizim xalqaro tashkilotlar, jumladan, Open Data Watch tashkiloti ekspertlari tomonidan ijobiy baholandi”, deyiladi xabarda.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q