Siyosat
9-noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish boʻyicha masalalar ham koʻrib chiqildi, deya xabar berdi prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov.
Davlat rahbari soʻzlariga koʻra, oxirgi 3−4 kunda boʻlib oʻtgan changli ob-havo sharoiti ushbu dastur qanchalik toʻgʻri ekanligini yaqqol koʻrsatib turibdi.
Mutasaddilar loyihani amalga oshirishda qoʻshib yozish, raqamlarni boʻrttirib koʻrsatish, ishlarni pala-partish bajarishga yoʻl qoʻymaslik haqida qatʼiy ogohlantirilgan.
Hozirga qadar Qoraqalpogʻiston, Namangan, Toshkent viloyati va Toshkent shahri ishga faol kirishgan, lekin Surxondaryo, Sirdaryo va Xorazm viloyatlarida daraxt ekish reja koʻrsatkichlaridan ancha ortda qolayotgani taʼkidlandi.
“Shu bilan birga Qoʻshrabot, Kattaqoʻrgʻon, Tomdi, Doʻstlik, Arnasoy, Forish, Yangiariq, Sherobod, Termiz, Muzrabot, Gʻuzor, Kitob tumanlarida koʻchat ekish ishlari haligacha boshlanmagan. Ushbu tuman hokimlariga qatʼiy ogohlantirish beriladigan boʻldi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q