Jamiyat
Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov boshchiligidagi ishchi guruh (ichki ishlar va prokuratura organlari xodimlari bilan hamkorlikda) tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Toshkent viloyatida joylashgan AGTKSH tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi, deya xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.
3-yanvar kuni soat 21:00 lar atrofida Yangiyo‘l tumanida joylashgan «Hamkor gaz servis» MCHJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasi (AGTKSH) belgilangan o‘chirish grafigiga rioya etmagan holda faoliyat ko‘rsatayotgani ma’lum bo‘ldi.
Mazkur shoxobchaning gaz hisoblash uskunasi ko‘zdan kechirilganda uskunaga tashqi ta’sir ko‘rsatilgani, ya’ni shoxobcha faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsada, uskuna ishlamayotgani (ko‘rsatkichlari 0 holatda ekanligi) aniqlandi hamda tabiiy gaz yetkazib berish to‘xtatilib, gaz hisoblagich ekspertizadan o‘tkazish uchun yechib olindi.
Shuningdek, shoxobchaning elektr ta’minoti holati o‘rganildi. Xususan, elektr hisoblagich ma’lumotlarini ma’lumotlar bazasi bilan solishtirilganda noyabr oyidan buyon aloqa mavjud emasligi aniqlandi va hisoblagich ekspertizaga yuborildi.
Shu bilan birga, ushbu AGTKSHning gaz hisoblagichi belgilangan tartibga zid ravishda o‘rnatilgani aniqlandi.
Holat bo‘yicha viloyat prokuraturasi tomonidan AGTKSHga va «O‘ztransgaz» AJ hududiy boshqarmasi mas’ullariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q