Ilm-fan
Amerika Qo‘shma Shtatlari xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan tajriba-sinov ishlari doirasida mamlakatimizda o‘quvchilarning ta’lim natijalarini yaxshilash maqsadida Namangan va Sirdaryo viloyatlarining 208 ta umumta’lim maktablariga jami 385.000 dona darslik va o‘qituvchi uchun qo‘llanmalarni taqdim etdi.
“Cambridge University Press” nashriyotining 10 million dollar qiymatidagi ushbu o‘quv-metodik majmualar 5-11-sinflarda «Informatika va axborot texnologiyalari» (IAT), 1-11-sinflarda «Xorijiy til - Ingliz tili» fanlarini o‘qitishni qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan.
USAID shuningdek, ming nafardan ortiq o‘qituvchiga yangi darslik va qo‘llanmalardan foydalanish hamda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim strategiyalaridan foydalanish bo‘yicha treninglar tashkil etib, bu yo‘nalishda ularga yaqindan yordam beryapti.
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
110684
Jamiyat
94433
Jamiyat
90334
Jamiyat
74149
Jamiyat
//
Izoh yo‘q