Oziq-ovqat mahsulotlari importida yuqori ulushga ega mahsulotlar eʼlon qilindi

Saqlash
22:48 / 29.12.2022 1228 0

Davlat statistika qo‘mitasi oziq-ovqat mahsulotlari importida yuqori ulushga ega bo‘lgan mahsulotlar eʼlon qilindi.

 

Unga ko‘ra, xorijdan eng ko‘p xarid qilingan maxsulot bug‘doy bo‘ldi (696 mln. AQSH dollari).

 

O‘zbekistonga 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida import qilingan ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari qiymati (AQSH dollari):

 

Bug‘doy – 696 mln. dollar;
Shakarqamish – 434,2 mln. dollar;
O‘simlik yog‘i – 248,5 mln. dollar;
Margarin mahsulotlari – 229,3 mln. dollar;
Qoramol go‘shti – 205,7 mln. dollar;
Bug‘doy uni – 128,8 mln. dollar;
Kakao va shokolad – 121,2 mln. dollar;
Sut mahsulotlari – 75,1 mln. dollar;
Kartoshka – 73,4 mln. dollar;
Bolalar uchun oziq-ovqat mahsulotlari – 66,9 mln. dollar;
Banan – 53,1 mln. dollar;
Parranda go‘shti – 43,6 mln. dollar;
Choy – 41,4 mln. dollar;
Kofe – 30,5 mln. dollar;
Qandolat mahsulotlari – 28,2 mln. dollar;
Makkajo‘xori – 26,8 mln. dollar.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//