Xorazmda “Sayyoh - 2021” xalqaro forumi bo‘lib o‘tadi

Saqlash
10:50 / 10.11.2021 945 0

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tashabbusi bilan Xalqaro iste’molchilar huquqlari tashkiloti (Consumers International), Xalqaro iste’molchi jamiyatlari konfederatsiyasi, “Yuksalish” umummilliy harakati bilan hamkorlikda, Xorazm viloyatining Xiva va Urganch shaharlarida joriy yilning 23-25-noyabr kunlari turizm sohasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish maqsadida “Sayyoh - 2021” xalqaro forumini o‘tkazish bo‘yicha tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda mustaqillikning ilk davrlaridan iste’molchilar huquqlari qonun bilan himoya qilingan. Ammo bugunga qadar sohada mavjud kamchiliklar tadqiq etilmoqda. Federatsiya tomonidan tashkil etilayotgan ushbu forum sohadagi mavjud muammolarni o‘rganish, tizim yutuqlarini tadqiq etish, xalqaro tajribani hayotimizga kirib kelishida ahamiyatga ega. Bir so‘z bilan aytganda, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish,

Qayd etish joizki, “Sayyoh - 2021” xalqaro forumida oltmishga yaqin xorijiy davlatlardan ekspertlar ishtirok etishi kutilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//