Nobel mukofoti sovrindori Malala Yusufzay turmushga chiqdi

Saqlash
15:10 / 10.11.2021 1231 0

 

Nobel mukofoti laureati, 24 yoshli pokistonlik qiz Malala Yusufzay bugun, 10-noyabr kuni turmushga chiqdi. U bu haqda Twitter va Instagramdagi sahifasida ma’lum qilgan.

 

To‘y marosimi Islom an’analariga muvofiq ikki oila a’zolari ishtirokida Birmingem saroyida bo‘lib o‘tgan. “Bugun hayotimdagi eng unutilmas kun. Asser bilan turmush qurdik, hayotimizning so‘ngiga qadar birga bo‘lish nasib qilsin”, deb yozadi u. 

 

Eslatib o‘tamiz, 2012-yilning 9-oktabrida toliblar Malalaning joniga qasd qiladi. Og‘ir ahvoldagi yarador qiz Peshovardagi shifoxonaga olib boriladi. 15-oktabrda esa Malala Buyuk Britaniyaning Birmingem shahridagi harbiy gospitalga ko‘chiriladi.

 

Malalaga qilingan suiqasd butun dunyoda qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. Pokistonda ikki milliondan ziyod kishi Malala bilan birdamlik ramzi sifatida hukumat nomiga yozilgan «Ta’lim olish huquqi» degan iltimosnomaga qo‘l qo‘ydi.

 

2013-yili oktabr oyida Buyuk Britaniyada Malala Yusufzayning ingliz jurnalisti Kristina Lemb bilan hammualliflikda yozilgan «Men Malalaman» nomli avtobiografik kitobi chop etiladi.

 

Natijada Yusufzay 2014-yil Tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan. U butun dunyo bolalarining ta’lim olishiga ko‘maklashuvchi «Malala fondi»ning asoschisidir. Ayni paytda Buyuk Britaniyada yashaydi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//