Prezident raisligidagi videoselektor yigʻilishi boshlandi

Saqlash
21:33 / 09.11.2021 926 0

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yurak qon-tomir va endokrin kasalliklarning oldini olish va ularni davolash tizimini takomillashtirishga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boshlandi.

 

Davlat rahbari yigʻilish kun tartibidagi masalalarning ahamiyatiga toʻxtaldi.

 

«Xalqimizning sogʻligʻi, onalar va bolalar, nuroniylarning salomatligi hech narsa bilan oʻlchanmaydigan eng bebaho boyligimizdir.

 

Shuning uchun islohotlarimizning bosh mezoni boʻlgan “Inson qadri uchun” tamoyilining muhim boʻgʻinlaridan biri ham barcha uchun sifatli tibbiy xizmatlar olishga imkoniyat va shart-sharoitlar yaratishdan iborat.

 

Ochiq aytish kerak, tuman va shaharlarda ixtisoslashgan, yuqori texnologik tibbiy xizmatlar koʻrsatish, shifokorlar malakasi bilan bogʻliq koʻplab masalalar hali oʻz yechimini topgani yoʻq.

 

Islohotlarimizning kelgusi besh yillik dasturini ishlab chiqish jarayonida saylovoldi uchrashuvlari doirasida bunga yana bir bor guvoh boʻldik.

 

Shu bois, saylovoldi dasturda tibbiyotni xalqimizni rozi qiladigan tizimga aylantirish boʻyicha katta marralarni belgilab oldik», dedi Prezident.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//