Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahar 2-kichik dahada transformator punktida yong‘in kelib chiqqani to‘g‘risida video tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan viloyat “Hududiy elektr tarmoqlari” filiali matbuot xizmati izoh berdi.
Qayd etilishicha, Andijon shahar elektr ta’minoti korxonasi tezkor chiqish brigadasi tomonidan 110/35/6 kV “Yayilma” PSdagi 6 kV “Yuldosh” fideridan chiquvchi 2-kichik dahada joylashgan 155-sonli transformator punktida 25-dekabr kuni soat 20:50 da nosoz transformator o‘rniga zahiradagi transformator punktiga almashtirilib ishga tushirilayotgan vaqtda transformatorning 0,4 kV tomonidagi ajratkichda qisqa tutashuv yuz bergan. Buning oqibatida 6 ta ko‘p qavatli uyda yashovchi 380 ga yaqin aholi elektr ta’minotidan uzilgan.
“Hozirda tezkor chiqish ishchi guruxi tomonidan aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilinmoqda. Tez fursat ichida ushbu hududda yashovchi aholi xonadonlarini elektr ta’minoti to‘liq tiklanadi”, – deyiladi xabarda.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q