Jamiyat
“Samarqand viloyatining turizm va transport salohiyatidan samarali foydalanish, viloyatni «Samarqand – Yangi Oʻzbekistonning turizm darvozasi” konsepsiyasi asosida rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi Prezident qarori (PQ–455-son, 24.12.2022-y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, “Samarqand – Yangi Oʻzbekistonning turizm darvozasi” targʻibot kampaniyasi yoʻlga qoʻyiladi.
2026-yil 1-yanvargacha tadbirkorlar:
4 yulduzli va undan yuqori toifadagi mehmonxona uchun zarur tovarlarni olib kirganda bojxona bojini toʻlashdan;
Samarqand turistik markazida qurilish uchun “vaqtincha olib kirish” bojxona rejimiga olib kiriladigan uskunalar uchun davriy bojxona toʻlovlarini toʻlashdan ozod etiladi.
2023-yilning 1-choragida Samarqand shahrida “Aviation & Logistics Forum” II xalqaro aviatsiya forumi oʻtkaziladi.
Samarqand turistik markazi hududida chet ellik shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkonlari tashkil etiladi.
2023-yil 1-sentyabrgacha shaharlararo va xalqaro avtobus qatnovlari axborot texnologiyalari orqali yoʻlga qoʻyiladi. Mazkur tizimda:
chiptalarni “Uzbus” platformasida xarid qilish tartibi;
avtobuslarga GPS qurilmalarini oʻrnatish hamda monitoring qilish boʻyicha yagona platforma yaratiladi.
2023-yil 1-fevralgacha Aeroportda turizm axborot markazi tashkil qilinadi.
Maʼlumot uchun, BMTning Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyaning navbatdagi 25-sessiyasini Samarqand shahrida oʻtkazish belgilangan.
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q