Jamiyat
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev deputatlik faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi. Bu haqda u oʻz Telegram-kanalida maʼlum qildi.
“Deputatlik faoliyatimni yakunlashga qaror qildim. Bunday ishlay olmas ekanman.
Bunga majbur boʻlganimdan afsusdaman.
Ishonch bildirgan, qoʻllab-quvvatlagan barchaga rahmat! Rozing boʻlinglar!
Nasib qilsa qolganini vaqt koʻrsatadi. Alloh madadkor boʻlsin”, – deb yozadi u.
Avvalroq u Twitter sahifasida davlat budjeti loyihasining joriy muhokamasida qatnashmagani haqida yozgan edi.
“Bu safargi budjet muhokamalarida ishtirok etmadim. Katta hajmdagi loyihani oʻqishga ham yetarli vaqt berilmadi. 1-oʻqishda yalpida soʻz soʻrasam “zam” spiker Ulugʻbek Inoyatov ochiqchasiga soʻz bermadi. Soʻng majlisdan chiqib ketdim va kirmadim.
Deputatlarni ogʻzini yopadigan “zam”larni boridan yoʻgʻi yaxshi”, – deb yozgandi Rasul Kusherbayev.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
1 Izoh
Улуғбек
12:01 / 01.01.1970
Афсус! Саноқли демократия тарафдорларидан бирини четлатишибди. Халқ тарафдорини оғзини опиш шунчалик осон экан- бу Ўзбекистонда. Афсус!