Prezident hamda nomdor davlat stipendiyalari gʼoliblari aniqlandi

Saqlash
17:12 / 22.12.2022 1099 0

2022/2023-oʼquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari bakalavriat bosqichining 566 nafar talabasi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga munosib koʼrildi.

 

Prezident davlat stipendiyasi — 72 nafar;

 

Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi — 100 nafar;

 

Navoiy nomli davlat stipendiyasi — 234 nafar;

 

Beruniy nomli davlat stipendiyasi — 95 nafar;

 

Ulugʼbek nomli davlat stipendiyasi — 26 nafar;

 

Ibn Sino nomli davlat stipendiyasi — 22 nafar;

 

Imom al-Buxoriy nomli davlat stipendiyasi — 3 nafar;

 

Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyasi — 8 nafar;

 

Toʼlepbergen Qaipbergenov nomli davlat stipendiyasi — 6 nafar.

 

Prezident davlat stipendiyasi tanlovida ishtirok etib, suhbat bosqichiga tavsiya etilmagan talabalar rektor tomonidan tasdiqlangan sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining 3 baravaridagi bir martalik pul mablagʼi bilan mukofotlanadi.

 

Shuningdek, nomli davlat stipendiyalari tanlovlarida qatnashib, sovrindor boʼlolmagan talabalar ham sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining 2 baravaridagi bir martalik pul mablagʼi bilan ragʼbatlantiriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish