Ilm-fan
Joriy yilning 8-noyabr kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Hindistonning eng yirik innovatsiya va biznes inkubatorlaridan biri - “T-Hub” oʻrtasida onlayn muzokara boʻlib oʻtdi.
Muzokaralar davomida Oʻzbekistonda startap ekotizimini shakllantirish va rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, T-Hub texnologik xabi delegatsiyasiga Oʻzbekiston startap ekotizimini oʻrganish uchun sharoit yaratib berish, resurslarni aniqlash va startaplar uchun xab tashkil qilishda yordam berish, hamda startap ekotizimi subyektlari oʻrtasida hamkorlik aloqalarini oʻrnatish va xab uchun kerakli jamoani shakllantirishda koʻmak koʻrsatishga kelishildi.
Startaplarni moliyalashtirish maqsadida Toshkent va Haydarobod startap ekotizimlari oʻrtasida qoʻshma startap loyihalari tashabbuslarini ilgari surib, Oʻzbekistondagi top-10 startaplarni T-Hub akseleratsiyasidan oʻtkazish, Oʻzbekistondagi mavjud va yangi startaplar uchun Hindistonlik tajribali mentorlarni jalb qilish masalasi ham atroflicha oʻrganildi.
Tomonlar, shuningdek, Hindiston hukumati Ilm-fan va texnologiyalari departamenti va Hindistonning Invest India investitsiyalari qoʻmitasi yordamida Hindiston Respublikasi tomonidan boshqa davlatlardagi startap va innovatsiya ekotizimlarini rivojlantirish uchun ajratilgan grant mablagʻlarini Oʻzbekiston uchun jalb qilishni oʻrganib chiqishga kelishdilar.
T-Hub (Technology Hub) – Hindistonning Telangana shtatida joylashgan Hindistonning eng katta innovatsion va biznes inkubatoridir.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q