Energetik ichimliklarning inson organizmi uchun sutkalik meʼyori qancha?

Saqlash
17:14 / 09.11.2021 1081 0

«Quvvatbaxsh» ichimliklar ilk bor 1960-yilda Yaponiyada dori vositasi sifatida yaratilgan. Keyinchalik Yevropa va AQSHni “zabt etgach”, biznesmenlar bu mahsulotni ommalashtirish uchun tarkibiga bir qancha kimyoviy moddalarni qoʻshishgan.

 

2014-yilga kelib JSST oʻsmirlar oʻrtasida energetik ichimliklar koʻp isteʼmol qilinayotgani yuzasidan xavotirli bayonot bilan chiqdi. 2017-yilda esa AQSHda 16 yoshli oʻsmirning oʻlimiga koʻp miqdorda isteʼmol qilingan energetik ichimlik sabab boʻlgani taxmin qilingan.

 

Hozir dunyoning qator davlatlarida bunday mahsulotlar sotuviga cheklovlar oʻrnatilgan. Masalan, aksariyat mamlakatlarda 18 yoshga toʻlmagan shaxslarga energetik ichimliklarni pullash man qilingan. Daniya, Turkiya, Norvegiya, Islandiya va AQSHning ayrim shtatlarida esa bunday mahsulotlar sotuvi butunlay taqiqlangan.

 

Oʻzbekistonda ham bu borada qonuniy cheklovlar amalda. Unga koʻra, energetik ichimliklarning 18 yoshga toʻlmagan shaxslarga realizatsiya qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Shuningdek, yurtimizda bunday mahsulotlarni 7:00 dan 22:00 ga qadar reklama qilish taqiqlangan.

 

Qolgan vaqtlarda ham reklama jarayonida bunday mahsulotlarni haddan ziyod ichishning zarari toʻgʻrisidagi ogohlantirish, qolaversa, isteʼmol qilish tavsiya etilmaydigan shaxslar haqidagi axborot mavjud boʻlishi kerak.

 

— Yuqori konsentratsiyalangan energetik ichimliklarda koʻp miqdorda kofein, taurin moddalari bor, — deydi Toshkent tibbiyot akademiyasi Bolalar, oʻsmirlar va ovqatlanish gigiyenasi kafedrasi professori, tibbiyot fanlari doktori Guli SHAYXOVA. — Taurin – energetik jarayonni jadallashtiruvchi va nerv sistemasini rivojlantiruvchi modda. Uning inson organizmi uchun sutkalik meʼyori – 400 mg. Ayrim energetiklar tarkibida esa bu modda 2 barobargacha oshiq boʻladi va oʻsmirlar sogʻligiga salbiy taʼsir koʻrsatadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//