Siyosat
Bugun 21-dekabr kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan O‘zbekiston—Qozog‘iston mintaqalararo biznes-forumi yakunlari bo‘yicha Samarqand va Turkiston shaharlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamda madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida shartnoma, qishloq xo‘jaligi sohasidagi konkret investisiya loyihalari va savdo shartnomalarini ko‘zda tutuvchi “Yo‘l xaritasi” imzolandi.
Shuningdek, umumiy qiymati 3 milliard dollardan ortiq bo‘lgan O‘zbekiston va Qozog‘iston ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish rejalarini jamlagan kelishuvlarning mustahkam to‘plami imzolangan.
Erishilgan eng yirik kelishuvlar:
– O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish va agrosanoat kompleksi sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik dasturi (1,317 milliard dollar);
– Chevrolet rusumli avtomashinalar komplektlari va butlovchi qismlarni yetkazib berish bo‘yicha kelishuv (500 million dollar)
– Chimkent shahrida to‘qimachilik majmuasini qurish loyihasi bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi (loyiha qiymati 98 million dollar)
– Angren—Pop—Qo‘qon—Andijon—Savay temir yo‘l uchastkasida signalizasiya va aloqa tizimini modernizasiya qilish (76,4 million dollar);
– O‘zbekistonda multimodal transport-logistika markazini qurish bo‘yicha hamkorlik memorandumi (70 million dollar);
– Artel maishiy texnika ishlab chiqarish bo‘yicha lisenziya shartnomasi (55 million dollar);
– “Qozog‘istonda kichik hajmdagi yig‘ish usuli bo‘yicha Chevrolet avtomobillarini ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasini moliyalashtirish bo‘yicha kelishuv (50 million dollar);
– Ostonada keramik plitkalar ishlab chiqarish bo‘yicha investisiya loyihasini boshlash to‘g‘risidagi kelishuv (40 million dollar) va boshqalar.
Bundan tashqari, Qozog‘iston va O‘zbekiston hududlarida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish to‘g‘risidagi o‘zaro anglashuv memorandumi, energetika sohasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum va Samarqand va Turkiston shahar hokimklari o‘rtasida savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda o‘zaro anglashuv memorandumi imzolangan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q