Hududlarda Maʼnaviyat va maʼrifat maskanlari foydalanishga topshirildi

Saqlash
14:12 / 21.12.2022 1034 0

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Moʻynoq, Taxiatosh va Nukus tumanlaridagi Maʼnaviyat va maʼrifat maskanlarining tantanali ochilish marosimlari boʻlib oʻtdi.

 

 

Maʼnaviyat va maʼrifat maskanlarining ochilish marosimlariga bagʻishlangan tadbirlarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining rais oʻrinbosari Rustam Saparbayev, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi rahbari Tatlimurat Atamuratov, tumanlarning hokimlik vakillari, ziyolilar, nuroniy va yoshlar ishtirok etdi.

 

 

 

Maʼnaviyat va maʼrifat maskanlarida yoshlarning oʻz ustida ishlashi uchun barcha imkoniyatlar yaratilgan. Zamonaviy talablar asosida jihozlangan markazlarda Ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchilar, hunarmandlar uchun turli tanlovlar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar, kitob taqdimotlari oʻtkazish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Shuningdek, har bir yangidan qurilgan maskanga Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qoraqalpogʻiston boʻlimi tomonidan 250 tadan ortiq kitoblar maskanlar fondiga sovgʻa qilindi. Marosimda mutasaddilar markazning shu kabi imkoniyatlari haqida gapirib, uning ijodkor yoshlar uchun erkin muloqot maydoni boʻlishini taʼkidlashdi.

 

 

 

Shuningdek, bunday maskanlar Samarqand viloyati Jomboy tumani va Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida ham foydalanishga topshirildi.

 

Zamonaviy va barcha qulayliklarga ega Maʼnaviyat maskanlari ochilishida keng jamoatchilik, sektor rahbarlari, nuroniylar va yoshlar, ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchilar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

 

 

 

Qayd etish kerak, maʼnaviyat maskanida boʻlinma rahbari hamda mutaxassis uchun xonalar, kutubxona, tadbirlar uchun zal, fotokoʻrgazmalar zali oʻrin olgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish