Jamiyat
Xalq taʼlimi vazirining tegishli buyrugʻiga asosan Nazarqosimov Sarvar Inatillayevich Jizzax viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.
Sarvar Nazarqosimov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Jizzax davlat pedagogika universiteti yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Nazarqosimov Sarvar Inatillayevich — 1979-yilda Sharof Rashidov tumanida tavallud topgan. Abudulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universitetining bakalavr va magistraturasini hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan.
Maʼlumot uchun, shu kungacha Jizzax viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi rahbari lavozimida faoliyat yuritgan Dilfuza Sadriddinova Xalq taʼlimi vazirligiga ishga oʻtgan.
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112292
Jamiyat
94968
Jamiyat
91089
Jamiyat
75853
Jamiyat
//
Izoh yo‘q