Jamiyat
Oʻzbekistonda 21 yoshga toʻlmagan shaxslarga alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish taqiqlanishi mumkin. Bu 19-dekabr kuni senatorlar tomonidan “Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda isteʼmol qilinishini cheklash toʻgʻrisida”gi qonunga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalarda oʻz aksini topgan.
Hujjat bilan “alkogol va tamaki mahsulotlarining, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarining 21 yoshga toʻlmagan shaxslarga sotish va ushbu shaxslar tomonidan realizatsiya qilinishi, alkogol va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish jarayoniga ushbu shaxslarni jalb etish taqiqlanmoqda”. Ushbu yosh chegarasi amaldagi qonunda 20 yosh etib belgilangan.
Senatning 27-yalpi majlisida senatorlar tomonidan rad etilgan ushbu qonun navbatdagi yalpi majlisda koʻrib chiqilishi kutilmoqda.
Jahon
Jamiyat
Madaniyat
Sport
Jahon
Ilm-fan
112304
Jamiyat
94979
Jamiyat
91101
Jamiyat
75865
Jamiyat
//
Izoh yo‘q