Ilm-fan
Afgʻonistonda xotin-qizlarning oliy maʼlumot olishini taqiqlovchi qonun joriy etildi. Bu haqda “Tolibon” hukumati matbuot kotibiga tayanib, “The Associated Press” xabar bermoqda.
Yangi tartibga koʻra, endilikda talaba qizlarning xususiy va davlat oliy oʻquv yurtlariga kirishi taqiqlanadi.
Hukumat yigʻilishidan soʻng tegishli qaror eʼlon qilindi. Afgʻoniston oliy taʼlim vazirligi vakili Ziaulloh Hashmiyning aytishicha, mamlakatdagi oliy taʼlim muassasalaridan taqiqni imkon qadar tezroq amalga oshirish va bu haqda vazirlikni xabardor qilish soʻralgan.
Bu taqiq afgʻon ayollarining huquqlari va faoliyatini yanada cheklaydi. Avvalroq Afgʻonistonda “Tolibon” hukumati ayollarning Kobuldagi har qanday bogʻlarga kirishini taqiqlagan edi. Bungacha Afgʻonistonda qizlar oʻrta maktabda oʻqishdan chetlashtirilgani maʼlum boʻlgan edi. Shuningdek, Afgʻoniston sharqidagi Nangarhor viloyati hukumati viloyatning bir qancha tumanlarida ayollarning erkaklar hamrohligisiz tibbiyot muassasalariga borishini taqiqlagani xabar qilingan edi.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Iqtisod
Siyosat
Jamiyat
111204
Jamiyat
94549
Jamiyat
90498
Jamiyat
74687
Jamiyat
//
Izoh yo‘q