Jamiyat
“Elektromobillardan foydalanish infratuzilmasini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–444-son, 19.12.2022-y.) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2024-yil 1-yanvardan savdo va biznes markazlari, koʻngilochar va dam olish maskanlari, avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari, mehmonxonalar, xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yoʻllari boʻyidagi infratuzilma obyektlarining loyihalariga majburiy tartibda elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalarini kiritish talabi belgilanadi.
2024-yil yakunigacha respublikada elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari sonini kamida 2 500 taga yetkazish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi.
Bunda:
2023-yil davomida elektr uzatish tarmoqlari, transformator punktlari va nimstansiyalarga tutash hududlardan 1500 ta elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalarini oʻrnatish uchun yer uchastkalari auksionga chiqarilishi;
xalqaro va davlat ahamiyatidagi avtomobil yoʻllariga tutash hududlarda joylashgan elektr uzatish tarmoqlari, transformator punktlari va nimstansiyalari yaqinida kamida 500 ta elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari barpo etilishi;
2023–2024-yillarda kamida 500 ta elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalarini joylashtirish uchun yer uchastkalari “K–SAVDO” AAT orqali auksion savdolariga chiqarilishi nazarda tutiladi.
2023-yil 1-yanvardan:
tadbirkorlarga elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari orqali elektr energiyasi manbalarida harakatlanuvchi transportlarni quvvatlantirish maqsadida elektr energiyasini sotish (realizatsiya qilish) huquqi beriladi;
transportlarni quvvatlantirish xizmatining tarifi (narxi), elektr energiyasining tasdiqlangan tarifidan qatʼi nazar tadbirkorlar tomonidan mustaqil belgilanadi.
2023-yil 1-dekabrgacha faoliyat koʻrsatayotgan avtomobillarga benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz quyish shoxobchalarida kamida 1 ta (4 kanalli) 60 kVt va undan yuqori quvvatli elektromobillarni quvvatlantirish stansiyasi oʻrnatiladi.
2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvargacha:
elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari hamda ular oʻrnatilgan avtomobil toʻxtash joylari joylashgan yer uchastkalari yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻidan, shuningdek, elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari yuridik shaxslarning mol-mulk soligʻidan;
asosiy faoliyat turi transportlarni quvvatlantirish xizmatini koʻrsatish boʻlgan tadbirkorlik subyektlari foyda soligʻidan;
transportlarni quvvatlantirish xizmatini koʻrsatishdan olingan daromad aylanmadan olinadigan soliqdan;
xorijdan olib kelinadigan elektromobillarni quvvatlantirish stansiyalari, ularning komponentlari va servis infratuzilmasi uchun texnologik asbob-uskunalar bojxona bojidan ozod qilinadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q