Tintuv oʻtkazish, telefonni eshitish va mulkni xatlashga sanksiya prokuraturadan sudga oʻtkaziladi

Saqlash
20:08 / 20.12.2022 1085 0

Oʻzbekistonda tintuv oʻtkazish, telefon soʻzlashuvini eshitish va mulkni xatlashga sanksiyani prokurordan sudga oʻtkaziladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 20-dekabr kuni Oliy Majlis palatalariga yoʻllayotgan murojaatida aytib oʻtdi.

 

“Endi, tergovchi jinoyatga aloqador deb, har qanday mulkni xatlab qoʻya olmaydi. Axir, biz xususiy mulk daxlsizligini kuchaytirish boʻyicha ozmuncha harakat qilayapmiz-mi? Bundan buyon, mulk huquqini cheklashga oid har qanday harakat faqat sud orqali boʻladi”, deydi davlat rahbari.

 

Shuningdek, tergov sifatini oshirish boʻyicha ham tizimli choralar koʻriladi. 

 

Prezidentning qayd etishicha, tergov shaxsni ayblash uchun emas, jinoyatni fosh etish orqali haqiqatni aniqlash uchun ishlashi kerak.

 

“Shu bilan birga, sudda ishlarni koʻrishda qatnashadigan alohida prokurorlar korpusi shakllantiriladi. Ular maxsus oʻqitiladi, ishni sudda koʻrishda xolis, mustaqil boʻlishi qonun bilan belgilanadi”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

 

Odil sudlovni taʼminlashda himoyachiga berilgan huquqlar ham qayta koʻrib chiqilib, yetmaydigan vakolatlar beriladi.

 

“Nima uchun, advokatga jinoyat ishi qoʻzgʻatish va tugatish haqidagi qarordan nusxa berilmaydi? Bunday holatd́a tenglik haqida qanday gapirish mumkin? Endi, sudlarga jinoyat ishi faqat ayblov xulosasi bilan emas, balki himoyachi fikri bilan birga qabul qilinadi”, deydi davlat rahbari.

 

Unga koʻra, endilikda ayblanuvchining himoyachidan voz kechishi boʻyicha har bir holat prokuror, sud tomonidan sinchiklab oʻrganiladigan tizim joriy qilinadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//