Iqtisod
«Oʻzaviatsiya» agentligi “I FLY Airlines” aviakompaniyasiga sanksiya tariqasida Oʻzbekistonga charter parvozlarini amalga oshirishni vaqtinchalik toʻxtatish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
Transport vazirligi xabariga koʻra, “I FLY Airlines” aviakompaniyasi tegishli ruxsatnomalarni olmasdan qoʻpol talablarni ravishda buzib 2021-yil noyabr oyida Moskva – Urganch – Sankt-Peterburg – Urganch – Moskva, Navoiy – Moskva hamda Sankt-Peterburg – Navoiy – Sankt-Peterburg yoʻnalishlarida charter parvozlari uchun aviachiptalar sotuvini tashkil etgan. Natijada aviachiptada koʻrsatilgan vaqtda yoʻlovchilar aerovokzallarga kelishgan va belgilangan yoʻnalishda parvozning bajarilmasligi yoʻlovchilar oʻrtasida ijtimoiy keskinlikka olib kelgan.
Shuningdek, vazirlik tomonidan aviakompaniyalar tomonidan bunday holatlar takrorlangan taqdirda «Oʻzaviatsiya» agentligi parvozlarni amalga oshirish uchun berilgan ekpluatatsiya ruxsatnomalarni bekor qilishi maʼlum qilindi.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
112685
Jamiyat
95360
Jamiyat
92065
Jamiyat
76457
Jamiyat
//
Izoh yo‘q