Oʻzbekistonning yalpi ichki mahsuloti hajmi ilk bor 80 milliard dollardan oshdi – Shavkat Mirziyoyev

Saqlash
16:15 / 20.12.2022 733 0

Ayni daqiqalarda davlat rahbari Parlament va Oʻzbekiston xalqiga murojaat qilmoqda.

 

“Jonajon Oʻzbekistonimiz milliy rivojlanishning yangi davriga dadil qadam qoʻymoqda.

 

Hayotimizning barcha jabhalarida ulkan oʻzgarishlar yuz bermoqda.

 

Behisob shukur, bu yil aholimiz 36 milliondan oshdi. Har yili safimizga qariyb 900 ming yangi avlod qoʻshilmoqda.

 

Oʻzbekiston deb atalmish katta va inoq oilaning har bir aʼzosi tinch va farovon hayot kechirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish uchun tinimsiz izlanyapmiz.

 

Yakuniga yetayotgan 2022-yil – gʻoyat murakkab va sinovli yil boʻldi, desam, har tomonlama toʻgʻri boʻladi.

 

Ushbu davrda toʻplagan tajribamiz bir haqiqatni yaqqol isbotlab bermoqda: taraqqiyot – faqat va faqat jasoratli mehnat orqali boʻladi!”, — deydi Shavkat Mirziyoyev.

 

“Keng koʻlamli va samarali islohotlarimiz natijasida, yalpi ichki mahsulot hajmi ilk bor 80 milliard dollardan oshdi (2018-yilda 52 milliard dollar boʻlgan).

 

Iqtisodiyotimizga shu yilning oʻzida 8 milliard dollar toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar kirib keldi, eksportimiz esa, 19 milliard dollarga yetdi (2018-yilda 14 milliard dollar boʻlgan).

 

Bunday katta natijalar ilgari boʻlmagan”, — deya qayd etdi Oʻzbekiston Prezidenti.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//