Jamiyat
Koʻplab kasalliklar notoʻgʻri ovqatlanish tufayli yuzaga kelishini yaxshi bilamiz. Masalan, jigar, oʻt qopi, oshqozon-ichak, qon-tomir, endokrin tizimi xastaliklari koʻpincha nosogʻlom taomlanish asoratlari sifatida izohlanadi.
Ammo xuddi shu omil miya xastaliklari, xususan, aqliy zaiflikni ham keltirib chiqarishi mumkin ekan. Avstraliyalik olimlar oʻz tadqiqotlari yakunida shunday xulosaga kelishdi.
Jumladan, demensiya kasalligida miya toʻqimalarining nobud boʻlishi kuzatiladi. Bu atsetilxolin moddasi yetishmovchiligi tufayli yuz beradi. Oqibatda bunday bemorlarning 60 foizida Alsgeymer qayd etilib, xastalik vaqt oʻtishi bilan kuchayib boraveradi.
Avstraliyalik mutaxassislar zararli oziq-ovqatlardan butunlay voz kechish ana shunday holatlar xavfini sezilarli darajada kamaytiradi, degan fikrda. Chunki baʼzi taomlar tarkibidagi toʻyingan yogʻlar va transyogʻlar demensiya rivojlanishini tezlashtiradi. Yogʻli sut mahsulotlari, jumladan, sariyogʻ, shuningdek, shokolad, goʻsht, palma va kokos moylari shular sirasidan.
Transyogʻlar, ayniqsa, hozirgi kun iborasi bilan aytganda, «fastfud»lar, qizarib pishgan ovqatlar va gazaklar, doʻkonda xarid qilingan pishiriqlar, xususan, tort va pechenye tarkibida koʻp uchraydi.
Tadqiqotga koʻra, yuqoridagi oziq-ovqatlarni isteʼmol qiladigan odamlarda aqliy zaiflik va miya xasaliklariga chalinish xavfi ancha yuqori. Parhezga amal qiluvchi, yaʼni toʻyinmagan yogʻlar isteʼmolidan tiyiladigan kishilarda esa kognitiv buzilishlarning rivojlanish xavfi kamroq.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q