Meʼyordan ortiq shakar immunitetni 15-20 barobar zaiflashtiradi

Saqlash
15:12 / 16.12.2022 2055 0

JSST maʼlumotlariga koʻra, kuniga oʻrtacha 56 gramm shakar isteʼmol qilgan insonda yurak-qon tomir xastaliklaridan oʻlim holati ushbu mahsulot meʼyoriga amal qilmaydiganlarga qaraganda ikki marta kam kuzatiladi.

 

Koʻpchilik shakarni zararsiz deb oʻylaydi. Bu notoʻgʻri. Ushbu mahsulotning meʼyordan ortigʻi semirish va qandli diabet xastaligini keltirib chiqaradi. Uni koʻp isteʼmol qilish bu shirinlikning qondagi miqdorini oshiradi. Oqibatda tanadagi ortiqcha shakar tezgina yogʻga aylanadi.

 

Bunday yogʻlar teri osti, oshqozon-ichak atrofi va qon tomir devorlariga yopishib, qonning oqishiga toʻsqinlik qiladi. Natijada yuqori qon bosimi, miokard infarkti, insult kabi ogʻir xastaliklar kelib chiqadi. Shuningdek, shakar:

 

yolgʻon ochlikni paydo qiladi;

 

oʻrganib qolish hissini chaqiradi;

 

organizmni V turdagi vitaminlardan mahrum qiladi;

 

yurakka nojoʻya taʼsir etadi;

 

tanadan kalsiyni yuvib chiqaradi;

 

immun tizimini 15-20 barobar zaiflashtiradi;

 

insulinga sezgirlikni pasaytiradi.

 

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, 25-30 gramm shakar kunlik miqdor uchun yetarli hisoblanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish