Sport
Ayni kunlarda boks boʻyicha Oʻzbekiston chempionati oʻtkazilmoqda.
Musobaqaning 51 kilogramm vaznida bahs olib borayotgan Hasanboy Doʻsmatov yarim finalda fargʻonalik Abdumajid Mannopovni magʻlub etib, finalga yoʻl oldi. Ushbu vaznning boshqa yarim finalida esa Doʻsmatovning ukasi Faryozbek final yoʻllanmasiga ega chiqdi.
Ikki aka-uka Doʻsmatovlar oʻrtasidagi Oʻzbekiston chempionligi uchun 51 kilo vaznda boʻladigan final jangi yuz bermaydigan boʻldi.
Bu haqda Hasanboy Doʻsmatov yarim final jangidan keyin jurnalistlarga bergan intervyusida taʼkidladi.
“Oʻn birinchi yoki oʻn ikkinchi marta Oʻzbekiston chempionatida qatnashishim. Ukam Faryozbek esa hali yosh. Uni qoʻllab-quvvatlash, boksdagi keyingi faoliyatiga dalda va ruhiy quvvat bagʻishlash uchun kumush medal bilan kifoyalanmoqchiman”, — dedi Rio Olimpiadasi chempioni.
Eslatib oʻtamiz, boks boʻyicha Oʻzbekiston chempionatining final janglari 14-dekabr kuni boʻlib oʻtadi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
1 Izoh
Олмагул
12:01 / 01.01.1970
МашаАллоҳ, ота-онаси шунчаки умр ўтказмабди. Бу қарор шарқона тарбия маҳсули деб ўйлайман.