Iqtisod
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda «Oʻzbekipaksanoat» uyushmasi axborot xizmati rahbari Sarvinoz Ahmedova maʼlum qildi.
Qayd qilinishicha, respublikada joriy yilda 22,4 ming tonna pilla yetishtirish reja-topshirigʻi belgilangan boʻlib, amalda 22,7 ming tonna pilla xomashyosi yetishtirildi Bu esa prognozga nisbatan 101,3 foizni tashkil etadi.
Tizim korxonalari tomonidan yetishtirilgan pilla xomashyosini qayta ishlash quvvatlaridan foydalanish darajasi 2020-yilda 94 foizni tashkil etgan boʻlsa, joriy yilda ushbu koʻrsatkich 100 foizga yetkazildi.
Bundan tashqari, joriy yilda umumiy hisobda 117,4 mln AQSH dollari miqdoridagi 101 ta investitsion loyihalar amalga oshirib kelinmoqda.
Bugungi kunga qadar tarmoqdagi pillani qayta ishlash va ipak qurti tayyorlash korxonalari tomonidan texnik va texnologik jihatdan modernizatsiya qilish hamda yangi quvvatlarni ishga tushirish ishlariga jami 85 mln. AQSH dollari miqdoridagi investitsiya mablagʻlarini oʻzlashtirishga erishildi.
Joriy yil 10 oyi mobaynida 1981,5 tonna xom ipak, 787,9 tonna ipak momigʻi, 679,6 tonna eshilgan ipak ip, 7628,9 ming pog.metr ipak mato, 285 dona ipak gilami, 779 ming dona ipakli tayyor kiyim–kechak ishlab chiqarildi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q