 
                   
                    Ilm-fan
Adabiyotshunos Naim Karimov “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiyi” mukofoti bilan taqdirlandi.
Fanlar akademiyasida XX asr oʻzbek adabiyotshunosligi, adabiy tanqidchiligi, sanʼatshunosligi va madaniyatshunosligi rivojida ustoz-murabbiy, yetuk olim, OʻzFA akademigi Naim Karimovning 90 yilligiga bagʻishlangan “Oʻzbek adabiyotshunosligining dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumani boʻlib oʻtmoqda.
Anjumanda Naim Karimov Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiyi” mukofoti bilan taqdirlandi.
Shuningdek, Prezident farmoniga koʻra, mamlakatimiz ilm-fani, adabiyoti va sanʼatini rivojlantirishga qoʻshgan salmoqli hissasi, jamiyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnik va maʼnaviy-maʼrifiy hayotida alohida eʼtiborga sazovor boʻlgan, xalqaro miqyosda eʼtirof etilgan fundamental tadqiqotlari, zamon talablariga javob beradigan yuksak, mazmunan dolzarb ijodiy ishlari uchun adabiyot sohasida Naim Karimovga – “Abdulla Qodiriy zamondoshlari” asari uchun Birinchi darajali Davlat mukofot berildi.
 
                  Siyosat
 
                  Jamiyat
 
                  Siyosat
 
                  Siyosat
 
                  Madaniyat
 
                  Siyosat
 109662
             109662
          Jamiyat
 94046
             94046
          Jamiyat
 89826
             89826
          Jamiyat
 72981
             72981
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q