Jamiyat
Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Yoshlar ishlari agentligi, Madaniyat vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda “Shuhrating porlasin toki bor jahon!” mavzusida Davlat madhiyasini jamoaviy joʻr boʻlib kuylash tanlovini eʼlon qilganidan xabaringiz bor.
Tanlovga respublika boʻylab 300 ga yaqin videorolik kelib tushdi va hakamlar hayʼati tomonidan saralandi. Yakuniy natijalarga koʻra, 4 ta nominatsiya boʻyicha gʻoliblar aniqlandi.
“Davlat madhiyasini eng yaxshi kuylagan oila” nominatsiyasida:
1-oʻrin – Bekpoʻlatovlar oilasi (Navoiy viloyati);
2-oʻrin – Safarovlar oilasi (Toshkent shahri);
3-oʻrin – Nutfiyevlar oilasi (Buxoro viloyati).
“Davlat madhiyasini eng yaxshi kuylagan maktab” nominatsiyasida:
1-oʻrin – Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi;
2-oʻrin – Termiz shahridagi Prezident maktabi;
Zangiota tumanidagi 13-son bolalar musiqa va san’at maktabi;
3-oʻrin – Quvasoy shahridagi 90-maktab-internat;
Yashnobod tumanidagi 255-umumtaʼlim maktabi.
“Davlat madhiyasini eng yaxshi kuylagan guruh” nominatsiyasida:
1-oʻrin – Navoiy davlat pedogogika instituti talabalari guruhi;
Fargʻona viloyati hokimliklari xodimlari va Fargʻona ixtisoslashtirilgan sanʼat maktabi oʻquvchilari guruhi;
2-oʻrin – Qoraqalpoq davlat universiteti talabalari guruhi;
Toshkent shahridagi “Profi school” xususiy maktabi oʻquvchilari guruhi;
3-oʻrin – Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabalari guruhi.
“Davlat madhiyasini eng yaxshi kuylagan mehnat jamoasi” nominatsiyasida:
1-oʻrin – Ichki ishlar vazirligi jamoasi;
2-oʻrin – “Yoshlar” teleradiokanali jamoasi;
3-oʻrin – Margʻilon shahridagi 1-umumtaʼlim maktabi jamoasi.
Eslatib oʻtamiz, gʻoliblarga 1-oʻrin uchun 10 million soʻm, 2-oʻrin uchun 7 million soʻm, 3-oʻrin uchun 5 million soʻm pul mukofoti beriladi. Taqdirlash marosimi ertaga, 10-dekabr kuni soat 11:00 da O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Ma’naviyat va ma’rifat markazida o‘tkaziladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
1 Izoh
Sabrina
12:01 / 01.01.1970
Bunda vatanimizni tasvirlagan bunda Nima demoqchi har doim porlab yursin deb yozilgan. Imon Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazida Ôzbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilinganining 30 yiliga bağishlab "Shuhrating porlasin toki bor jahon!" shiori ostida ma'naviy-ma'rifiy tadbir õtkizildi.