Andijondan Xiva, Termiz va Qoʻngʻirotga qoʻshimcha poyezdlar qatnovi yoʻlga qoʻyiladi

Saqlash
20:30 / 06.12.2022 1462 0

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” tomonidan qator yoʻnalishlar boʻyicha qoʻshimcha poyezdlar harakati yoʻlga qoʻyildi. Bu haqda «Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi» matbuot xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, bu ichki va tashqi turizm salohiyatini yanada rivojlantirish, oʻzbekistonliklar va xorijiy turistlarning temir yoʻl tashuvlariga boʻlgan talablarini qondirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

 

126-sonli Andijon—Xiva yoʻnalishi 2022-yilning 12-dekabr sanasidan boshlab har kuni quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

 

  • Andijon 08:28 — Xiva 06:58.

 

125-sonli Xiva—Andijon yoʻnalishi 2022-yilning 13-dekabr sanasidan boshlab har kuni quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

 

  • Xiva 08:28 — Andijon 06:56.

 

Andijon—Termiz—Andijon yoʻnalishi

 

129-sonli Termiz — Andijon yoʻnalishi 2022-yilning 12-dekabr sanasidan boshlab, haftaning har dushanba, chorshanba, juma va shanba kunlari quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

 

  • Termiz 15:25 — Andijon 12:56.

 

130-sonli “Andijon —Termiz” yoʻnalishi 2022-yilning 13-dekabr sanasidan boshlab, haftaning har seshanba, payshanba, juma va yakshanba kunlari quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

 

  • Andijon 14:28 — Termiz 11:27

 

Qoʻngʻirot—Andijon—Qoʻngʻirot yoʻnalishi:

 

128-sonli Andijon—Qoʻngʻirot yoʻnalishi 2022-yilning 11-dekabr kunidan boshlab haftaning har yakshanba va chorshanba kunlari quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

 

  • Andijon 15:52 — Namangan 17:57 — Qoʻngʻirot 18:22.

 

127 sonli Qoʻngʻirot—Andijon yoʻnalishi 2022-yilning 13-dekabr kunidan boshlab har seshanba va shanba kunlari quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

 

  • Qoʻngʻirot 09:33 — Namangan 10:18 — Andijon 12:27.

 

Chiptalarni nafaqat temir yoʻl kassalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilish mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//