Jamiyat
Hukumat qarori bilan “Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega boʻlgan fuqarolarni sirtqi va kechki taʼlim shakliga suhbat natijalariga koʻra tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizomga koʻra, kamida 5 yil ish stajiga ega fuqarolarga suhbat natijalariga koʻra tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga kirishi uchun tavsiyanoma beruvchi vazirlik, idora va yirik xoʻjalik birlashmalari roʻyxati har yili 1-iyulgacha tasdiqlanib, OAVda eʼlon qilinadi.
Vazirlik, idora va yirik xoʻjalik birlashmalari har bir oʻquv yili uchun markaziy va hududiy tuzilmalari hamda tizim tashkilotlaridan 100 nafargacha talabgorga tavsiyanoma berishi mumkin.
Tegishli tavsiyanomaga ega fuqarolar har yili 20-iyuldan 10-avgustgacha Davlat test markazining maxsus elektron tizimi orqali roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Suhbat jarayoni har yili 20-avgustdan 30-avgustgacha boʻlgan muddatda tashkil etiladi.
Natijalarga koʻra 100 ballik baholash mezonida 55 ball va undan yuqori ball toʻplagan abituriyentlar OTM rektori (direktori) buyrugʻi bilan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi.
Tavsiyanomalar faqatgina berilgan oʻquv yili uchun amal qiladi.
Nizom oliy harbiy va harbiylashtirilgan taʼlim muassasalariga, Oʻzbekistondagi xorijiy va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlariga hamda ularning filiallariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Mazkur tartib 2022-yil 1-maydan kuchga kiradi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q