Rishtonda yangi Maʼnaviyat va maʼrifat maskani tashkil etildi

Saqlash
18:21 / 03.12.2022 2160 0

Fargʻona viloyatida maʼnaviyat maskanlari soni yana bittaga koʻpaydi. Rishton tumanida Maʼnaviyat va maʼrifat maskani tashkil etilib, oʻz faoliyatini boshladi.

 

 

Yangi maskanda tadbirlar zali, kutubxona, muzey, targʻibotchilar, yosh hunarmandlar xonasi bor.

 

 

Maskanning ochilishida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimi rahbari Maʼsudjon Sulaymonov, Rishton tumani hokimi oʻrinbosari Zarifjon Umarovlar soʻzga chiqib, hududlarda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini mustahkamlash, aholi, ayniqsa, yoshlar ongi va qalbida maʼnaviy fazilatlarni yuksaltirish, oila va mahallalarda hamjihatlikni mustahkamlash kabi ishlar xususida soʻz yuritdi. Maʼnaviyat va maʼrifat maskani ana shu ezgu maqsadlarga xizmat qilishi qayd etildi.

 

 

Tadbir soʻnggida ishtirokchilar yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Sanʼatkorlarning kuy-qoʻshiqlari barchaga manzur boʻldi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//