Ilm-fan
O‘zbek davlatchiligi tarixida o‘zining jasorati va harbiy matonati bilan milliy qahramon sifatida o‘chmas iz qoldirgan Jaloliddin Mangyberdining shonli va ibratli hayot yo‘lini, siyosiy, harbiy mahoratini, vatan oldidagi xizmatlari, jahon xalqlari tarixida tutgan o‘rnini o‘rganish va targ‘ib qilish maqsadida Xorazm viloyatida "Jaloliddin Manguberdi tarixining yangi sahifalarini o‘rganish" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi.
Anjuman Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zFA tarix instituti, Madaniyat vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Xorazm viloyati xokimligi va qator tashkilotlar tomonidan tashkillashtiriladi. Unda UNESCO’ning mamlakatimizdagi vakolatxonasi rahbarlari, Jaloliddin Manguberdi hayoti va faoliyati haqida ilmiy tadqiqotlar, badiiy asarlar yozgan xorijlik olimlar, adiblar, tarjimonlar ishtirok etishi kutilmoqda. Jumladan, Turkiya, Xitoy, Vengriya, Rossiya, Misr kabi mamlakatlar universitetlari professorlari, tarixchilari va ijodkorlari onlayn va offlayn tarzda ishtirok etishadi.
Konferensiyaning birinchi kunida Toshkent shahridagi O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida “Jaloliddin Manguberdi – yuksak vatanparvarlik timsoli” mavzusida eksponatlar va kitoblar taqdimotini o‘tkaziladi. So‘ng mehmonlar ishtirokida “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga sayohat tashkillashtiriladi.
Ikkinchi kuni Urganch shahrida o‘zbek davlatchilik tarixi va an’analarini aks etuvchi rasmlar ko‘rgazmasidan so‘ng xalqaro konferensiyaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi. Unda yigirmadan ortiq mahalliy va xalqaro olimlarning ma’ruzalari tinglanadi. Ertasiga esa Nurullaboy saroyida baxshi va xalfachilik bo‘yicha ma’naviy-madaniy tashkillashtiriladi.
Hozirda konferensiyaga horijiy olimlardan maqolalar qabul qilinmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q