Qozogʻiston bilan chegaradagi uylar buzilmoqda

Saqlash
21:25 / 01.12.2022 963 0

Toshkent tumanining Qozogʻiston bilan chegaradosh hududlarida ayrim obyektlar buzilmoqda.

 

Maʼlum qilinishicha, Toshkent viloyati hokimining “Toshkent tumani hududida Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash toʻgʻrisida”gi, shuningdek, Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining tegishli qarorlari bilan Toshkent tumanining chegara hududida joylashgan 48 ta turar va noturar joy obyektlari buzilmoqda.

 

 

“Chegarani mustahkamlash, muhofazasini taʼminlash maqsadida mazkur hududda muhandislik inshootlari, toʻsiqlar, chegara yoʻllari koʻpriklar va boshqa obyektlar bunyod etiladi.

 

Mulkdorlarga zararni qoplash maqsadida 66 milliard soʻmdan ortiq mablagʻlar yoʻnaltirilgan”, deyiladi Toshkent viloyati hokimligi xabarida.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//