Allergolog changli havodan saqlanish boʻyicha tavsiyalar berdi

Saqlash
22:13 / 05.11.2021 873 0

Kuni kecha Toshkent shahri va ayrim viloyatlarda chang-qumli boʻron hodisalari kuzatilgani haqida xabar bergan edik.

 

“Oʻzgidromet”ning maʼlum qilishicha, ushbu hodisaga shamol va tuproqning juda quruq ustki qatlami koʻtarilib sabab boʻlgan. Poytaxt havosidagi chang miqdori meʼyordan 5 baravar oshgani qayd etilgan.

 

Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Xalqaro molekulyar allergologiya markazi direktori oʻrinbosari Gulnora Jambekova changli havo vaqtida nimalarga eʼtibor berish zarurligi xususida oʻz mulohazalarini bildirib oʻtdi.

 

Mutaxassisga koʻra, bu kabi hodisalar roʻy berganida asosan nafas olish aʼzolari qiynaladi. Natijada bir muddat kishi suv ham ichmasligi, ovqatlanmasligi, uxlolmasligi mumkin.

 

Namlangan niqob ushbu holatda qoʻl keladi. Shuningdek, iloji boricha tez-tez burunni suv yoki shoʻr suv bilan yuvish kerak.

 

Ogʻiz orqali nafas olmaslikka, koʻp suyuqlik ichishga harakat qilish lozim.

 

Agar yoʻtal kuzatilsa nima qilish kerak? 

 

«Ingalyatsiya yaxshi samara beradi (issiq bugʻ bronxial shilliq qavatni tezda namlaydi). Tez-tez shamollashdan aziyat chekadigan har bir kishi surunkali respirator kasalliklarga (faringit, laringit, bronxit) ega boʻladi. Bu kabi kishilar bronxial astmada qoʻllaniladigan «nebulayzer»dan foydalanishlari mumkin. Shuningdek, tuzli eritma (NaCl 0,9) ishlatilish ham tavsiya etiladi.

 

Salbiy taʼsirlarning oldini olish uchun namlab tozalash ishlarini amalga oshiring, agar mavjud boʻlsa, namlagichni yoqing yoki chang zarralaridan xalos boʻlish uchun aerozoldan suv bilan foydalaning. Derazalarni mahkam yoping yoki nam choyshab osib qoʻying», deydi Gulnora Jambekova.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//