Luvrdagi Oʻzbekiston koʻrgazmasini tomosha qilish uchun turnaqator navbat yuzaga keldi

Saqlash
11:29 / 25.11.2022 1786 0

Parijdagi Luvr muzeyida 23-noyabrdan boshlab “Oʻzbekiston vohalarining moʻjizalari. Karvon yoʻllari chorrahasida” koʻrgazmasi ochildi.

 

 

Koʻrgazma Yevropa jamoatchiligi orasida katta qiziqish uygʻotdi. Shu kunlarda Oʻzbekiston tarixi va madaniy hayoti aks etgan eksponatlarni koʻrish uchun muzeyda katta navbat hosil boʻlgan.

 

 

 

Qayd etish kerak, kelgusi yilning mart oyiga qadar davom etadigan koʻrgazma har kuni 20 ming sayyohni qabul qilmoqda. Bu esa Oʻzbekistonni butun dunyoga tanitishda katta hissa qoʻshadi.

 

Koʻrgazma Buyuk Ipak yoʻli tarixi haqida hikoya qiladi va ikki ming yildan ortiq vaqtni qamrab oladi. Koʻrgazmadan 168 ta muzey eksponati, xususan, Oʻzbekistonning 13 ta muzeyidan 137 ta, shuningdek, dunyoning yetakchi muzeylaridan 31 ta eng qimmatli eksponatlar taqdim etiladi, ularning aksariyati birinchi marta namoyish etilmoqda.

 

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//