Siyosat
Andijon tumani Ulugʻnor tumanidagi 17-maktabda 7-sinf oʻquvchisi ustozini tepgani va haqorat qilgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Maʼlum boʻlishicha, oʻquvchi qiz tarix fani oʻqituvchisi Hakima Boʻriyevaning darsiga xalal berib, sinfxona eshigini ochib-yopavergan. Shundan soʻng oʻqituvchi unga bu haqda aytgan va eshikni yopib qoʻyishini soʻragan. Yuqoridagi janjal shundan kelib chiqqan. Oʻqituvchiga zoʻravonlik qilgan oʻquvchi qiz, shuningdek, oʻsha kuni sinfxona eshigi va rakovinani ham sindirgani qoʻshimcha qilingan.
Mazkur holatga Ulugʻnor XTB matbuot xizmati munosabat bildirdi. Unga koʻra, holat tuman xalq taʼlimi boʻlimi tomonidan nazoratga olingan va tegishli hamkor tashkilotlar bilan oʻrganish ishlariga yoʻnaltirilgan.
“Oʻrganish yakuni yetgani va holatga huquqiy baho berilganidan soʻng batafsil maʼlumot berilishini maʼlum qilamiz”, — deyiladi munosabatda.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jahon
Iqtisod
112045
Jamiyat
94733
Jamiyat
90748
Jamiyat
75555
Jamiyat
//
Izoh yo‘q