Ikkinchi eng keng tarqalgan oʻlim sababi aniqlandi

Saqlash
14:45 / 24.11.2022 957 0

Xalqaro tadqiqotchilar dunyodagi oʻlim holatlarining ikkinchi sababi nima ekanini maʼlum qilishdi, maxsus maqola The Lancet jurnalida eʼlon qilindi.

 

Shu paytgacha eng koʻp oʻlim yurak xurujini ham oʻz ichiga oluvchi yurak ishemik kasalliklari oqibatida yuz berayotgani maʼlum edi. Endi olimlar ikkinchi sababni ham aniqlashdi: bu – turli bakterial infeksiyalar.

 

2019-yilda jahon boʻyicha har sakkizinchi oʻlim (7,7 million, 13,6 foiz)ga patogen mikroorganizmlar sabab boʻlgan. Bu holatlarning yarmi tillarang stafilokokk, ichak tayoqchalari, Streptococcus pneumoniae pnevmokokk, klebsiyella pnevmokokk hamda koʻkyiring tayoqchani yuqtirish oqibati sanaladi.

 

Ayniqsa, boy va qashshoq hududlar oʻrtasidagi tafovut yaqqol koʻzga tashlanadi. Afrikaning Sahroi Kabirdan janubda joylashgan mamlakatlarida har 100 ming aholiga 230 tadan bakteriya kasalliklari oqibatidagi oʻlim holatlari toʻgʻri kelmoqda. Solishtirish uchun: Gʻarbiy Yevropa, Shimoliy Amerika va Avstralaziya (Avstraliya va unga yaqin orol-mamlakatlar)da bu koʻrsatkich 52 taga teng.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//