IIV tizimidagi “Topilmalar stoli” faoliyatini tugatish taklif qilindi

Saqlash
16:55 / 05.11.2021 917 0

Adliya vazirligi “Davlat xizmatlari markazlari tomonidan yoʻqolgan ashyolarni qabul qilish, saqlash va ularni egalariga qaytarish yoki ularni davlat arxiv idoralariga topshirish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatishni yoʻlga qoʻyish toʻgʻrisida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini muhokamaga qoʻyildi.

 

Hujjat bilan Ichki ishlar vazirligi tizimidagi “Topilmalar stoli” faoliyatini tugatish va tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari tomonidan yoʻqolgan ashyolarni jismoniy va yuridik shaxslardan qabul qilish, saqlash va ularni egalariga qaytarish yoki ularni davlat arxiv idoralariga topshirish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatilishini yoʻlga qoʻyish taklif etilmoqda.

 

Loyihada koʻra, 2022-yil 1-martdan boshlab:

 

Davlat xizmatlari markazlari tomonidan yoʻqolgan va topib olingan ashyolarni qabul qilish, saqlash, egalariga qaytarish yoki ularni davlat arxiv idoralariga topshirish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatilishi yoʻlga qoʻyiladi;

 

yoʻqotilgan ashyolarni qidirish boʻyicha murojaatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ham qabul qilinadi.

 

Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi 2022-yil 1-martga qadar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Davlat xizmatlari agentligining byudjetdan tashqari jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan yoʻqolgan ashyolarni qidirish, topilmalar haqida maʼlumot olish imkoniyatini nazarda tutuvchi “Topilmalar” avtomatlashtirilgan qidiruv tizimini joriy etishi kerak boʻladi.

 

Ichki ishlar vazirligi esa 2022-yil 1-martga qadar Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda jismoniy shaxslarning yoʻqotilgan yoki oʻgʻirlatilgan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlari oʻrniga ularga yangi shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni berganda “Topilmalar” ATda xabarnoma berish borishni yoʻlga qoʻyadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//