Toshkentda ko‘tarilgan chang-qumli tuman sababi ma’lum qilindi

Saqlash
14:13 / 05.11.2021 873 0

Bugun, 4-noyabr kuni kechqurun Toshkentda kuzatilgan g‘ayrioddiy chang-qumli tumanga shamolning kuchayishi natijasida tuproqning juda qurib qolgan ustki qatlami ko‘tarilishi sabab bo‘ldi, deb xabar berdi Gidrometeorologiya xizmati markazi.

O‘zgidromet avvalroq 4-noyabr kuni O‘zbekiston hududiga Uraldan sovuq havo oqimlari kirib kelishi haqida xabar bergan edi.

Sovuq front zonasida shamolning 12−15 m/s gacha, Buxoro, Navoiy, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida 20−25 m/s gacha kuchayishi kuzatildi.

Atmosfera havosidagi chang miqdori belgilangan miqdorlardan 5 barobarga oshgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//