Jamiyat
Adliya vazirligi tomonidan kiritilgan qonun loyihasiga koʻra, qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni targʻib qiluvchi mahsulotni qonunga hilof ravishda tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida tayyorlash yoki Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, xuddi shuningdek qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni targʻib qiluvchi mahsulotni qonunga hilof ravishda reklama qilish, namoyish etish, tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmogʻida reklama qilish, namoyish etish, tarqatish, shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, BHMning 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Shuningdek, oʻsha harakatlar takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan yoki bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, 360 soatdan 480 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Ushbu Qonun joriy yil 25-noyabr kunidan eʼtiboran kuchga kiradi.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q