Jamiyat
Chilonzor tumani Koʻtarma mahallasida koʻp qavatli turar joy qurilishi koʻplab noroziliklarga sabab boʻldi. Bu boʻyicha televideniye va ijtimoiy tarmoqlarda turli video xabarlar eʼlon qilindi. Maʼlumki, tadbirkor mazkur hududni oʻrab olayotgan vaqtida mahallada ishlovchi Chilonzor tumani IIO FMB 1-son boʻlimi profilaktika katta inspektori kapitan Azimjon Qudabayev ham boʻlib, 1-, 3-, 9- va 39- uylar oraligʻidagi yashillikni oʻrab olish jarayonini toʻxtatib qolgandi.
Chilonzor tumani hokimiyati matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, mahalla noziri vaziyatga toʻgʻri baho bergan va oʻz vaqtida jarayonni toʻxtatib qolgan. Shu sababli 9-noyabrda Azimjon Qudabayev tuman hokimi Saidqahhor Xolxoʻjayev va sektor rahbarlari tomonidan taqdirlandi.
“9-noyabr Chilonzor tumani hokimi Saidqahhor Xolxoʻjayev va sektor rahbarlari tomonidan ushbu xodimning oʻz kasbiga sadoqatli mehnati uchun minnatdorchilik bildirildi va munosib taqdirlandi.
Shu oʻrinda, tumanimizda jamoat xavfsizligi, aholi osoyishtaligini taʼminlash, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga munosib hissasini qoʻshayotgan, jinoyatchilikka qarshi kurashish, fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish yoʻlidagi ibratli faoliyati, sharafli burchini bajarishda mardlik va jasorat namunasini koʻrsatayotgan barcha xodimlarga oʻz minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz”,– deyiladi Chilonzor tumani hokimiyati matbuot xizmatining xabarida.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q