2023-yili Turkiy xalqlar madaniyati festivali oʻtkaziladi

Saqlash
15:40 / 11.11.2022 881 0

Ayni damda Samarqandda Turkiy davlatlar tashkiloti davlat rahbarlari kengashi yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Tadbirda Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq soʻzladi, deb xabar bermoqda Oyina.uz muxbiri.

 

“Men bugun Oʻzbekistonning Turkiy madaniyat xalqaro tashkilotiga toʻlaqonli aʼzo boʻlganini eʼlon qilishdan mamnunman. Oʻzining 30 yilligini nishonlayotgan tashkilot doirasida kelgusi yili Turkiy xalqlar madaniyati festivalini oʻtkazish taklifini toʻliq maʼqullaymiz”, dedi davlatimiz rahbari.

 


Mamlakatimizda 100 jildli “Turkiy adabiyot durdonalari” toʻplami oʻzbek tilida nashr qilingani maʼlum qilinib, ushbu bebaho maʼnaviy xazinani Tashkilotga barcha aʼzo va kuzatuvchi davlatlar tillarida ham chop etish taklif etildi.

 


Yigʻilish doirasida turkiy dunyo birligini mustahkamlashga beqiyos hissa qoʻshgan buyuk shoir va mutafakkir, davlat arbobi Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofot birinchi marta tantanali ravishda topshiriladi.

 

“Mazkur mukofotni har yili berib borish toʻgʻrisidagi taklifimizni qoʻllab-quvvatlaysizlar, deb ishonamiz”, dedi Prezident.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//