Jamiyat
Oliy taʼlim muassasalarida toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 10-dekabrga qadar uzaytirildi, deya xabar qilmoqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi.
2022/2023-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari, magistratura mutaxassisliklariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hamda oʻqishini koʻchirayotgan va tiklayotgan talabalar uchun belgilangan kontrakt toʻlovlarini toʻlashning soʻnggi muddati joriy yilning 10-dekabriga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi.
Bunga davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish boʻyicha Davlat komissiyasining tegishli qarori asos qilib koʻrsatilgan.
Shuningdek, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar, xorijiy (filiallar) va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan oʻqishini koʻchiriyotgan talabalar uchun bir yillik oʻqitish qiymatining 50 foizini toʻlash va talabalar safiga qabul qilishning soʻnggi muddati ham 10-dekabr (shu kuni ham) etib belgilandi.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q