Badiiy rahbar va ijodiy xodimlarning bazaviy tarif stavkalari 2,5 baravarga oshiriladi

Saqlash
14:45 / 11.11.2022 950 0

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Madaniyat markazlari faoliyatini zamon talablari asosida tubdan takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida gi qonun loyihasi joylashtirildi.

 

Unda qayd etilishicha, madaniyat markazlari rahbar xodimlarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularning ijodiy mahorati va mehnatini munosib ragʻbatlantirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:

 

– 2023-yil 1-apreldan madaniyat markazlari direktor (filial mudiri)lari, badiiy rahbar va badiiy, ijodiy xodimlarining bazaviy tarif stavkalari 2,5 baravarga oshiriladi;

 

– 2023-yil 1-sentyabrdan madaniyat markazlarida faoliyat koʻrsatib kelayotgan toʻgarak rahbarlari uchun har besh yilda bir marotaba malaka oshirishi hamda belgilangan tartibda attestatsiyadan oʻtkazib, malaka toifalar berish tartibi joriy etiladi. Bunda, toʻgarak rahbarlariga beriladigan malaka toifalari tegishliligi boʻyicha musiqa va sanʼat maktablarining konsertmeysterlariga tenglashtiriladi.

 

Shuningdek, 2023-yil 1-oktyabrdan madaniyat markazlarida nomoddiy madaniyat merosning ajralmas qismi hisoblangan milliy maqom va baxshichilik sanʼati yoʻnalishlari yanada rivojlantirish maqsadida ushbu yoʻnalishda har yili kamida 10 nafar toʻgarak ishtirokchisini respublika koʻrik-tanlovlariga tayyorlagan va muvafaqqiyatli ishtirok etib, sovrinli oʻrinlarni egallashini taʼminlagan toʻgarak rahbarlariga byudjet mablagʻlari hisobidan bazaviy tarif stavkalarining 25 foizi miqdorida har oylik ustama haqlari toʻlab boriladi.

 

Shu bilan birga, 2024-yil dekabrga qadar yangicha yondashuvlar asosida madaniyat muassassalari barpo etish orqali aholiga eng yuqori va zamonaviy madaniy xizmat koʻrsatish tizimlarini yaratish yuzasidan Toshkent shahrida barcha qulayliklarga ega boʻlgan “Yangi Oʻzbekiston” madaniyat saroyini “Turkiston” sanʼat saroyining yozgi amfiteatri negizida barpo etiladi.

 

Qayd etilishicha, Toshkent viloyati hokimligi Madaniyat vazirligi bilan birgalikda madaniyat markazlariga oʻquvchi-yoshlarning tizimli tashrifini amalga oshirish va ularni madaniyat va sanʼat muassasalarida samarali tahsil olishlarini tashkil etish maqsadida Toshkent viloyati tajribasi asosida 2023-yilning 1-noyabriga qadar har bir tuman va shaharlardagi bittadan madaniyat markazlarida oʻquvchi-yoshlar uchun bir martalik tekin tamaddi qilish (ovqatlantirish) xizmatini autsorsing shartlari asosida mahalliy budjet mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//