Ilm-fan
Parijda Avicenna International Price (Xalqaro Avitsenna – Ibn Sino mukofoti) bilan tantanali taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Mukofotlarni Fransiya Tibbiyot akademiyasi prezidenti Tran Ba Xyui topshirdi, deb yozadi jurnalist va bloger Eldar Asanov.
Ushbu tadbir doirasida Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati mamlakatning Fransiyadagi elchixonasi koʻmagida Tibbiyot instituti akademiyasining direktorlar kengashi taxt zalida Abu Ali ibn Sinoning bronza byustini oʻrnatdi. Marosimda Oʻzbekistonning Parijdagi elchisi Sardor Rustamboyev ham qatnashdi.
Shundan soʻng Tibbiyot akademiyasining Katta amfiteatrida mukofotni tantanali topshirish marosimi boʻlib oʻtdi.
Bu yilgi Avitsenna – Ibn Sino mukofoti sovrindorlari orasida Butunjahon jamiyati vasiylik kengashi raisi, ERIELL xalqaro neft servis kompaniyasi rahbari Baxtiyor Fozilov ham bor. Oʻzbekiston vakili “Yevropa Ittifoqi, Oʻrta Yer dengizi va Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasidagi falsafiy va tibbiy tadqiqotlar hamda hamkorlikka koʻmaklashgani uchun” taqdirlandi.
ERIELL besh yildan buyon Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyatining homiyi boʻlib kelmoqda.
Jamiyat
Sport
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
112092
Jamiyat
94777
Jamiyat
90810
Jamiyat
75611
Jamiyat
//
Izoh yo‘q