Jamiyat
Xabaringiz bor, “Maʼnaviyat karvoni” yetib borgan barcha viloyatda “Zukko bolajon” foto-albomining taqdimoti oʻtkaziladi. Navoiyda ham mazkur taqdimot Qiziltepa tumanining olis qishlogʻida joylashgan 10-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida tashkil etildi.
Tadbir avvalida mehmonlar bogʻchada tashkil etilgan koʻrgazmalar, muzeylar, sahna asarlari bilan tanishishdi. Shundan soʻng Baxtiyor Husanov tadbirni ochib berdi.
“Foto-albomni tayyorlash ishlari 2021-yilda boshlanib, bir yil davom etdi. Bu shunchaki suratlardan tashkil topgan albom emas, balki, oʻzbekona oila modeli yordamida farzandlarni tarbiyalash uchun yaratilgan. Bu bizning ilk loyihamiz. Maktabgacha taʼlim vazirligi va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda kelgusida yana koʻplab loyihalarni amalga oshirish koʻzda tutilgan”, dedi u.
Shundan soʻng Obiddin Mahmudov yaratilgan shart-sharoitlar, bogʻcha bolalarining isteʼdodi haqida oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi. “Uchinchi renessans poydevori mana shu bolajonlar. Bola qachonki odobli, aqlli boʻlsa, zukko boʻlib oʻsadi. Ular ertaga bizning porloq kelajagimizga asos soladi. Biz hamisha farzandlarimizda ertangi kunimizni koʻramiz”, deya tadbirni yakunladi yozuvchi.
Shu kunning oʻzida Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida “Ziyolilar forumi” boʻlib oʻtdi. Unda oliy taʼlim muassasalarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha masʼullari, talabalar, olimlar, professor-oʻqituvchilar ishtirok etdi. Tadbirda Usmon Azim, Zulfiya Moʻminova, Jamila Shermuhammedova kabi xalqimiz suygan shoiru shoiralar, olimalar soʻzga chiqib, talabalarni tabriklashdi.
Forum yakunida universitet kutubxonasiga oʻzbek va jahon adabiyoti durdonalaridan iborat eng sara 200 ta badiiy kitob sovgʻa qilindi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q