Jamiyat
Vazirlar Mahkamasining 644-son qarori bilan “Alkogol, giyohvandlik vositalari taʼsiridan yoki oʻzgacha tarzda mastlik holatida boʻlgan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.
Mastlik holatida boʻlgan shaxslarga tibbiy yordam koʻrsatish uchun tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari tarkibida kamida 10 oʻrinli tumanlararo tibbiy yordam koʻrsatish punktlari tashkil qilinadi.
Tibbiy yordam koʻrsatish punktlarida ichki rejim hamda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va bartaraf etish maqsadida Milliy gvardiyaning qoʻriqlash boʻlinmalari tashkil etiladi.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tibbiy yordam koʻrsatish punktlariga jamoat joylarida (yashash joyidan olib borish bundan mustasno) boʻlgan mastlik holatidagi shaxslarni olib borish uchun quyidagi mezonlar asos boʻladi:
– shaxsning maqsadli harakatlar sodir etish yoki oʻzi mustaqil harakatlanish qobiliyatini yoʻqotganligi (biror joyda yotgan yoki oʻtirgan holati);
– shaxsning uyquchanligi, uygʻotishning qiyinligi;
– shaxsning tikka holatda mustaqil tura olmasligi;
– nutqining tushunarsizligi;
– savollarni yaxshi tushunmasligi, oʻzining qayerdaligini aniq anglab yetmasligi.
Mastlik holatidagi shaxslar ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan aniqlanadi va tibbiy yordam koʻrsatish punktlariga olib boriladi.
Mastlik holatidagi shaxs tibbiy yordam koʻrsatish punktida 12 soatgacha boʻlganda dalolatnoma, 12 soatdan koʻp vaqt boʻlganda va tibbiy koʻrsatmalar mavjud boʻlgan hollarda – kasallik tarixi rasmiylashtiriladi.
Tibbiy yordam koʻrsatish punktiga olib kelingan mastlik holatidagi shaxslarni sutkaning tungi vaqtida (soat 23:00 dan 06:00 ga qadar) yoki yilning sovuq davrida chiqarib yuborish ularning qarindoshlari kuzatuvi ostida amalga oshiriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 04.11.2022-yildan kuchga kirgan.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q