Tadqiqotchilar ming yildan keyingi odam qanday koʻrinishda boʻlishini taxmin qilishdi

Saqlash
16:06 / 09.11.2022 971 0

Toll Free Forwarding kompaniyasi olimlari 3000-yildagi odam bizning zamondoshlarimizdan tubdan farq qilishi mumkinligini taxmin etmoqda.
 

Foto: Toll Free Forwarding 

 

Tadqiqotchilar zamonaviy texnologiyalarning inson anatomiyasi va fiziologiyasiga taʼsiri sohasidagi tadqiqotlar va mutaxassislarning fikr-mulohazalari asosida kelajakdagi odamning taxminiy modelini yaratdilar. Hosil boʻlgan 3D modelga ular Mindi deb nom berishdi. 

 

Olimlarning taxminiga koʻra, gadjetlarga nisbatan tobora ortib borayotgan qaramlik tufayli kelajakdagi inson tanasi baʼzi oʻzgarishlarga duch keladi, masalan, gadjetni doimiy ravishda ushlab turish zarurati tufayli bel bukilib qoladi, boʻyin qalinroq boʻladi va qoʻl barmoqlari buraladi. 

 

Koʻzni ekranlarning yorqin nuridan himoya qilish uchun hozirda faqat baʼzi hayvonlarda boʻladigan uchinchi qovoq paydo boʻladi. 

 

Boshni doimiy ravishda kompyuter yoki planshet ekranlariga egib turish zarurati tufayli boʻyin mushaklari kattalashadi. Bosh chanogʻi suyaklarining qalinligi ham oshishi, miyaning oʻzi esa hajmini kichraytirishi mumkin. 

 

Mindi 2019-yilda yaxshi ish sharoitlari muhimligini isbotlash uchun yaratilgan Emmaning vorisi hisoblanadi. 

 

Emma tadqiqotchilar tomonidan 3 mingdan ortiq xodimlarning sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolar haqidagi suhbatdan soʻng yaratilgan edi. 

 

U har kuni stolda soatlab egilgan holatda oʻtiradi, kompyuter ekraniga uzoq vaqt tikilishdan koʻzlari qizarib ketgan boʻladi. Koʻp yillar davomida sunʼiy yorugʻlik ostida ishlagani sababli, terisi sargʻish boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//