Jamiyat
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Oʻzbekiston fuqaroligi toʻgʻrisidagi qonunga qoʻshimchalar ishlab chiqib, uni jamoatchilik muhokamasiga qoʻydi.
Qonun loyihasiga koʻra, mamlakatdagi investitsiya loyihalariga kamida 1 million dollar ekvivalentida mablagʻ kiritgan xorijiy fuqarolar yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uchun Oʻzbekiston fuqaroligini berishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish taklif etilmoqda. Bunday imkoniyat nafaqat investorlarga, balki boshqa mamlakatlarning taniqli olim, sportchi, madaniyat va sanʼat arbobiga nisbatan ham tadbiq etiladi.
Bunda “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” DUK yoki Davlat xizmatlari markazi chet davlat fuqarosi boʻlgan yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsga sarmoya kiritganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma beradi. Ushbu hujjat Oʻzbekiston fuqaroligiga qabul qilish toʻgʻrisidagi arizaga ilova qilinadi.
Oʻzbekiston fuqaroligiga qabul qilishning soddalashtirilgan tartibi chet davlat fuqarosi boʻlgan yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs hisoblangan vatandoshga nisbatan quyidagi hollarda amalga oshiriladi, agar u:
– mamlakat hududida yashaydigan va fuqarosi boʻlgan, nasl-nasab shajarasi boʻyicha toʻgʻri tutashgan loaqal bitta oʻzidan oldingi qarindoshga ega boʻlsa;
– tirikchilikning qonuniy manbaiga ega boʻlsa;
– Konstitutsiyasiga rioya etish majburiyatini oʻz zimmasiga olsa;
– davlat tilini qonunchilikda belgilangan tartibda muloqot qilish uchun zarur darajada bilsa.
Qonun loyihasi Prezident Administratsiyasining 2022-yil 10-martdagi topshirigʻi va hukumatning “Vujudga kelayotgan xalqaro inqiroz sharoitida turizm tarmogʻi imkoniyatlaridan foydalanish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish toʻgʻrisidagi «yoʻl xarita”si»ga asosan ishlab chiqildi.
Hujjatda taklif etilayotgan yangi norma davlatning investitsiyaviy jozibadorligi oshirishga, respublika investitsiya muhitida boʻlayotgan ijobiy oʻzgarishlarga xalqaro ishbilarmonlar hamjamiyatining eʼtiborini jalb qilishga va xalqaro maydonda mamlakat nufuzini oshirishga xizmat qiladi.
Loyiha muhokamasi 23-noyabrga qadar davom etadi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q